• Xana.uz online do'koniga xush kelibsiz!
  • bus-icon Bepul yetkazib berish
  • email-icon Xana@mail.ru

Qidirish

Buyurtma berish

Qur’onning muxtasar tafsiri(manolar bayoni)

279,000 so'm 355,000 so'm

Siz Qur’on tarjimasini o‘qiyapsiz, ammo o‘qigan oyatlaringizning ma’nosi va hikmatlarini yanada chuqurroq tushunishni istaysizmi?

Ba’zida bir oyatni o‘qiymiz-u, uning ortida qanday voqea, qanday hikmat yoki qanday ibrat borligini bilmaymiz.

Chunki Qur’on tarjimasi va tafsiri bir-biridan farq qiladi.

Tarjima — oyatlarning ma’nosini o‘z tilimizda bayon qilish. Tafsir esa oyatlarda mujassam bo‘lgan ma’nolarni kengroq sharhlash, nozil bo‘lish sabablarini, hikmatlarini va undagi ibratlarni tushuntirishdir.

Demak, Qur’onni yanada teranroq anglash uchun uning tafsili bilan ham tanishishimiz lozim.

Siz uchun ana shunday bebaho manbalardan biri — Shayx Alouddin Mansurning «Qur’oni Azim. Muxtasar tafsiri» asari.

Ushbu kitob orqali Qur’on oyatlarining mazmuni, nozil bo‘lish sabablari va ulardagi hikmatlar haqida kengroq ma’lumotga ega bo‘lasiz.

Qur’onni faqat xatm qilishni emas, balki uning ma’nolarini anglashni ham o‘z oldingizga maqsad qiling.

Zero, anglab o‘qilgan har bir oyat insonni tafakkurga, ibratga va ezgulikka chorlaydi!